FINLAB 1.0 · Start 26-oktabr · Guruh 30 kishi Ariza qoldirish
FINLAB 1.0 · 2 oy · 24 jonli dars · ACCA dasturi asosida

Ikki oyda buxgalterdan moliyachiga aylaning

Buxgalter schyotlar bilan fikrlaydi. Moliyachi — biznes bilan. FINLAB 1.0 sizga moliyachining fikrlashini o'rgatadi: raqamdan xulosa, xulosadan qaror. Buxgalter bo'lsangiz ham, noldan boshlasangiz ham.

10–15 mln so'm oylikbozorda moliyachiga shuncha to'lanadi bozor narxi, va'da emas
3 daqiqada: kursdan nima olasiz
01

Farq hisobotda emas — fikrlashda

Buxgalter foyda va zarar hisobotini va balansni — 1- va 2-shaklni — allaqachon tuzadi. Soliq ma'lumotni umumlashtiradi: unga davr uchun jami xarajat kerak, xolos. Biznes egasiga esa haqiqiy hisob kerak — har bir xarajat o'z joyida. Busiz u foydadami yoki zarardami, bilmaydi.

Buxgalter
  • Schyotlar bilan fikrlaydi: summa bir schyotdan boshqasiga o'tadi
  • Xarajatlarni soliq uchun bitta schyotga yig'adi — unga jami summa kerak
  • 1- va 2-shaklni topshiradi va ish tugadi deb hisoblaydi
  • Savoli: «Buni qaysi schyotga yozaman?»
Moliyachi
  • Biznes bilan fikrlaydi: bu raqam egasiga nimani aytadi
  • Bitta masalaga bir nechta yechim ko'radi va eng foydalisini tanlaydi
  • Har bir xarajatni alohida yuritadi — tahlil va xulosa shundan chiqadi
  • Savoli: «Bu biznesga nima beradi?»

Kursning ichidagi bilim buxgalterni — yoki noldan boshlagan odamni — moliyachiga aylantiradi.

02

Moliyachidan nima talab qilinadi

Hojimurod Bakirov moliyachi qidirganda qo'yadigan talablar — va ularning har biri kursning qayerida o'tiladi.

TalabKursda
Uchta hisobotni tuzish — ayniqsa Cash Flow1-modul
Ma'lumotni to'g'ri yig'ish va to'g'ri kiritish1–2-modul
Ish davomida ma'lumotni tekshirib turish2-modul · ichki nazorat
Odamlar ishini nazorat qilish2-modul · ichki nazorat
Moliyaviy ko'rsatkichlar: pul aylanish sikli (CCC), DSO, DIO, DPO, ROE, ROA2–3-modul
Excel4-modul
Tanqidiy fikrlashbutun kurs

1C, Odoo yoki SAP o'zi to'g'ri hisobot tuzib bermaydi: ma'lumot to'g'ri kiritilsagina hisobot ham to'g'ri chiqadi. Kurs shuni o'rgatadi; dasturning o'zi alohida o'rgatilmaydi. Pul sikllarini strategik boshqarish esa moliyaviy direktor ishi: bu darajada talab qilinmaydi.

03

Moliyachi — bu boshqa oylik

O'zbekistonda 250 000 ga yaqin buxgalter bir xil ish uchun raqobatlashadi. Moliyachi esa yetishmaydi. Buxgalterga hisobotni topshirgani uchun to'lashadi, moliyachiga — biznes uchun qaror chiqargani uchun.

Oylik, so'm
Buxgalter≈ 6 mln
Moliyachi · moliyachi yordamchisi, moliyaviy menejer 10 mln dan

Buxgalter — hh.uz vakansiyalari medianasi, 21.09.2026. Moliyachi — bozor narxi, va'da emas: kurs ishga joylashtirmaydi, shu darajadagi suhbatga tayyorlaydi.

Moliyachi vakansiyalarining katta qismi e'longa chiqmaydi: tadbirkorlar bunday odamni bir-biridan so'rab topadi. Bizning konsalting mijozlarimizning deyarli har biriga moliyachi kerak — umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish, to'qimachilik, qurilish materiallari, turizm. Biznes yangi filial ochgan sari pul yo'qotilayotgan joylar ham ko'payadi, shuning uchun o'sayotgan kompaniya moliyachini birinchi bo'lib qidiradi. Kurs darajasidagi moliyachiga bunday takliflarda qo'lga 10–15 mln so'm beriladi.

Hamkor kompaniyalarimiz kursdagi ko'nikmalarni egallagan har qanday nomzodni ko'rib chiqishga tayyor. Ishga joylashtirishni va'da qilmaymiz — lekin bilim bo'lsa, suhbatga yo'l bor.

Moliyachiga talab uch yil ketma-ket o'smoqda

+47%2023 · vakansiyalarhh.uz, umumiy bozor
+28%2024 · vakansiyalarmoliya sohasida oyliklar +38%
+20,6%2025 · moliya sohasiumumiy bozordan tezroq: +17,3%
2025-yilda vakansiyalar +17,3% o'sdi, rezyumelar esa −8,1% kamaydi. hh.uz yillik hisobotlari.
04

Ikki oy — buxgalterdan moliyachigacha

24 jonli dars, to'rt modul. Har 8 darsdan keyin — oraliq nazorat.

1-modul · 1–8-dars

Hisobotlarga moliyachi ko'zi bilan

Siz biladigan hisobotlardan endi biznes holatini o'qiysiz.

2-modul · 9–16-dars

Xarajat va aylanma kapital

Pul qayerda qotib qolganini va xarajat qayerda yeyilayotganini ko'rasiz.

3-modul · 17–20-dars

Soliq, tahlil, byudjet

Xulosa chiqarish, reja tuzish, rejani fakt bilan solishtirish.

4-modul · 21–24-dars

Diplom ishi

Kompaniya ma'lumotidan mustaqil tahlil. Excel, CV va intervyu.

05

Sertifikat va diplom

Hammaga

Sertifikat

Kursni tugatgan har bir tinglovchiga — Bakirov's School sertifikati.

Premium va VIP

Diplom

Kurs oxirida kompaniya ma'lumotlarini beramiz. Undan mustaqil tahlil va hisobotlar tuzasiz. Diplom ishini topshirganlar — diplom oladi: uni ish suhbatida ko'rsatasiz.

06

Kimlar uchun

Buxgalterlar

1- va 2-shaklni tuzasiz, lekin moliyachi bo'lib o'smoqchisiz — kasbni almashtirmasdan.

«Moliyachi» bo'lib ishlayotganlar

Lavozim bor, tizimli bilim yo'q. Egasi hisobotingizga qaraydi va qayta so'raydi.

Noldan boshlayotganlar

Talaba, bitiruvchi yoki boshqa sohadan kelgan bo'lsangiz ham — kurs eng asosidan boshlanadi, oldindan bilim shart emas.

Kurs sizni moliyaviy direktor qilmaydi va ishga joylashtirmaydi. U sizni moliyachi kabi fikrlaydigan darajaga olib boradi.
07

Nega biz

Fikrlashni o'rgatamiz, qoidani emas

Har bir mavzuni «bu biznesga nima beradi» degan savol orqali o'tamiz. Haqiqiy kompaniyalarning raqamlari bilan ishlaysiz.

Ustozlar — amaliyotchilar

Hojimurod Bakirov 30 dan ortiq kompaniyada moliya tizimini qurgan. Qolgan ikki ustoz — KPMGda ishlagan.

Har 8 darsdan keyin — nazorat

Ikki oraliq nazorat: o'tilganini amaliy mashg'ulotda mustahkamlaysiz.

Oflayn yoki jonli efir

Ikkalasida ham dars jonli, oldindan yozilgan emas. Savolni o'sha zahoti berasiz.

Xalqaro ta'lim va xalqaro tajriba

University of East London, Queen Margaret Universiteti, ACCA. Ikki ustoz KPMGda ishlagan, kurs muallifi Angliya korxonasida o'n yil moliyachi bo'lgan.

ACCA dasturi asosida — o'zbek tilida

Dasturni o'zimiz o'ylab topmadik. ACCA'dan O'zbekiston biznesida kerak bo'ladigan qismini oldik va o'zbek tiliga o'girdik. ACCA'ning bunday amaliy qisqa varianti o'zbek tilida boshqa joyda yo'q.

Nimani oldik

Moliyachi ishida haqiqatan kerak bo'ladigan qismini: xalqaro hisob standartlari asosidagi buxgalteriya, uchta hisobot, xarajatlar, aylanma kapital, tahlil. Moliya buxgalteriya ma'lumotiga quriladi — standartlarni bilmasdan moliyachi bo'lib bo'lmaydi.

Nimani olmadik

Imtihon uchun kerak, lekin ishda kam uchraydigan nazariyani. Shuning uchun 24 dars — yillar emas.

Hojimurod Bakirovning amaliyotidan

Bir yigit 20 yoshida ACCA'ning bir nechta imtihonini topshirgan edi, ish tajribasi esa yo'q edi. Intervyuda nazariy savollarga to'g'ri javob berdi. O'shanda u oyiga 3 mln so'mga ham ishlashga tayyor edi.

3 mlntajribasiz, birinchi intervyu
≈ 8 mlnkompaniya ishga oldi
15 mln dan2–3 yildan keyin, ustoz taxminicha

Ikki-uch yildan keyin u Bakirovning jamoasiga o'tmoqchi bo'ldi — egasi uni qoldirish uchun oyligini yana oshirdi.

Bu FINLAB bitiruvchisi emas: u ACCA'ni o'zi o'qigan. Lekin bu tarix bitta narsani ko'rsatadi — moliyachi bilimi tajribasiz ham baholanadi. FINLAB 1.0 o'sha dasturning ishda kerak qismini o'zbek tilida, ikki oyda beradi.

Kurs ACCA tomonidan tasdiqlanmagan va ACCA sertifikatini bermaydi.

Ustozlar — amaliyotchilar

Biz o'qituvchi emasmiz. Biz bugun shu ish bilan shug'ullanamiz.

Hojimurod Bakirov

Hojimurod Bakirov

«Finspect Advisory» asoschilaridan biri

Ta'lim. O'zbekiston Milliy Universiteti · University of East London

Tajriba. «Finspect Advisory» asoschilaridan biri · Alliance Business Clubida ekspert · Global University Systems — moliyachi

Muhammadaziz Yusufov

Muhammadaziz Yusufov

KPMG · auditor

Ta'lim. Britaniya Menejment Universiteti · Queen Margaret Universiteti

Tajriba. KPMG kompaniyasida auditor · 10 dan ortiq restoranlar tarmog'iga ega kompaniyaning moliyachisi

Otabek Omonboyev

Otabek Omonboyev

KPMG · moliya konsultanti

Ta'lim. Britaniya Menejment Universiteti · Queen Margaret Universiteti

Tajriba. KPMG kompaniyasida moliya konsultanti · «Musaffa Financial Solutions» qimmatli qog'ozlar tahlilchisi

Moliyasi yo'lga qo'yilgan va konsalting qilingan kompaniyalar

Hojimurod Bakirov 31 ta kompaniyada moliya tizimini qurgan yoki moliyaviy konsalting bergan — logistikadan ishlab chiqarishgacha, ta'limdan klinikalargacha.

605AlstarAsialuxeASKOAxelusazbiB&B—BSMBURAQCarlandCredo MobileCremonaDildora Kasimova—iComfortiQueueKerasysMacBroMAVISMuborak MebelNoveyPowerGymRiadaRibnoe mestechkoSABERTEAM UniversityTez MotorsTuronYungaZGG

Dars shu yerda o'tadi

Guruh Auditoriya

Kurs qanday o'tadi

Tashkiliy shartlar
Format 1 — oflaynToshkent
Format 2 — onlaynJonli efir
Kunlar va vaqtDu · Chor · Ju · 19:00–21:00
Davomiyligi2 oy · 24 dars
Guruh30 kishi
Start26-oktabr
ManzilMenejer qo'ng'iroqda aytadi
Jonli efir, yozilgan dars emas. Ikkala formatda ham bosma o'quv kitobi va Bakirov's School sertifikati beriladi. Darslar video yozuvi 3 oy — Premium va VIP tariflarida.

Kompaniya egalari uchun

Moliyachi topa olmayapsizmi? O'z buxgalteringizni o'qiting. FINLAB'ga kelganlarning ko'pchiligini o'z rahbari yuborgan va o'qishini kompaniya to'lagan.

Bir nechta xodimni yubormoqchi bo'lsangiz, arizada «Savolingiz bormi?» maydoniga yozing — menejer shartlarni alohida kelishadi.
08

Tariflar

Har bir tarif o'zidan oldingisining hamma imkoniyatlarini o'z ichiga oladi.

Standart
Oflayn yoki jonli efir8 000 000
so'm
  • 24 jonli dars — oflayn yoki efirda
  • Sertifikat
  • Fasilitator
  • Bosma o'quv kitobi
  • Excel shablonlar
PremiumEng foydali
Oflayn · Toshkent12 000 000
Jonli efir10 000 000
so'm
  • Standart tarifidagilarning hammasi
  • Diplom ishi va diplom
  • Darslar video yozuvi — 3 oy
  • 2 ta zoom uchrashuvi
  • Intervyu bo'yicha mini-darslik
  • Bitiruvchilar hamjamiyati
VIP
Oflayn yoki jonli efir25 000 000
so'm
  • Premium tarifidagilarning hammasi
  • 2 ta shaxsiy suhbat
  • Moliya kursiga 30% chegirma
Guruh 30 kishi bilan cheklangan. Guruh to'lganda yozilish yopiladi.

Narxlar 12-oktabr 2026 holatiga ko'ra.

Nega bu narx?

Toshkentdagi kurslar

Qayta tayyorlov — 4 dan 8 million so'mgacha. Ular buxgalteriyani o'rgatadi.

Chet el onlayn-maktablari

«Moliyaviy direktor» dasturlari O'zbekistonda 8–13 million so'm. O'zbekiston normativisiz, guruhsiz va mentorsiz.

FINLAB 1.0

24 ta jonli dars, guruh 30 kishi, uch amaliyotchi ustoz, O'zbekiston normativi, diplom ishi.

Kafolat

Barcha darslarga qatnashib, diplom ishini topshirgan bo'lsangiz, lekin mustaqil xulosa chiqara olmasangiz — ustoz holatingizni shaxsan ko'rib chiqadi.

Aniq oylik va'da qilmaymiz: u sizning kompaniyangizga, rahbaringizga va o'zingizga bog'liq. Biz javob beradigan narsa — moliyachi kabi fikrlashni o'rganishingiz.

Ko'p so'raladigan savollar

1- va 2-shaklni o'zim tuzaman. Bu kurs menga kerakmi?+

Ha. Hisobotni tuzish — buxgalterning ishi. Moliyachi esa o'sha hisobotdan biznes uchun qaror chiqaradi. Kurs aynan shu ikkinchi qismga o'rgatadi.

Buxgalteriyani bilmasam bo'ladimi?+

Ha. Kurs eng asosidan boshlanadi. Buxgalter bo'lsangiz, birinchi darslar oson o'tadi va tezroq oldinga siljiysiz.

Oflayn va jonli efir o'rtasida farq bormi?+

Dars ikkalasida ham jonli o'tadi — savolni o'sha zahoti berasiz. Oflaynda ustoz ekraningizga qarab xatoni joyida ko'rsatadi, jonli efirda buni ekran ulashish orqali qilamiz. Dastur, sertifikat va kitob ikkalasida bir xil.

Darsni o'tkazib yuborsam-chi?+

Premium va VIP tariflarida har bir darsning video yozuvi uch oy ochiq turadi.

Ingliz tili kerakmi?+

Yo'q. Darslar o'zbek tilida o'tadi. Xalqaro atamalar tushuntirib beriladi.

Qaysi tarifni tanlashim kerak?+

Darsga qatnashib, o'zingiz mashq qilmoqchi bo'lsangiz — Standart. Diplom ishi, video yozuv va zoom uchrashuvlar kerak bo'lsa — Premium. Shaxsiy suhbatlar kerak bo'lsa — VIP. Menejer qo'ng'iroqda birga tanlaymiz.

Kursni tugatsam, albatta moliyachi bo'lamanmi?+

Darslarda shunchaki o'tirish natija bermaydi. Vazifalarni bajarish, savol berish, mashq qilish kerak. Shunda ikki oyda P&L, balans va Cash Flow'ni o'zingiz tuzadigan va moliyachi kabi fikrlaydigan darajaga chiqasiz.

Kursdan keyin ishga joylashtirasizmi?+

Ishga joylashtirishni va'da qilmaymiz. Dasturning 22-darsi CV, LinkedIn va intervyuga tayyorgarlikka bag'ishlangan. Qolgani sizga bog'liq.

Joy band qilish

Arizani qoldiring — menejer qo'ng'iroq qilib, tarifni birga tanlaymiz va savollaringizga javob beradi.

Telefon raqamini to'liq kiriting: +998 va to'qqiz raqam.
Shahar yoki viloyatni tanlang.

Dasturni PDF'da oling

24 dars, 4 modul, tariflar — 19 sahifa. Havolani shu yerda ochamiz.